Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2021   Sport

Janubiy Koreya sport fanlari instituti bilan amaliy hamkorlik mustahkamlanmoqda


SЕUL, 13-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen  bugun  Janubiy Koreya sport fanlari instituti prezidenti Yongshin Nam bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida joriy yil 25 avgust kuni O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan Janubiy Koreya sport fanlari instituti o‘rtasida onlayn tarzda imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memoranduminining asl nusxasi Janubiy Koreya tomoniga topshirildi. 

Uchrashuv davomida, shuningdek, sport yo‘nalishidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yongshin Nam O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan minnatdorligini va bu yo‘nalishda birgalikda samarali natijalarga erishish uchun o‘zi rahbarlik qilayotgan institut imkoniyatlarini to‘liq safarbar qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Xususan, Memorandumda belgilangan kelishuvlar asosida ikki davlatning sport tadqiqotlariga ixtisoslashgan muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yosh iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning jismoniy tayyorgaligini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan faoliyatni rivojlantirish, ommaviy sportni yuksaltirish va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro tajriba almashish istagi bildirildi. Shu maqsadda sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan ikki tomonlama onlayn-konferensiyalarni tashkil etishga kelishib olindi.

Kelgusida O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining mutaxassilarini Janubiy Koreya sport fanlari institutiga malaka oshirish uchun taklif qilish va o‘zaro tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘zbekistonlik iqtidorli talabalarni Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalarida sport fanlari yo‘nalishida magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olishiga ko‘maklashish maqsadi aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida Yongshin Nam Janubiy Koreya sport fanlari instituti tomonidan tayyorlangan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan Milliy terma jamoalarda sog‘lom sport muhitini yaratish bo‘yicha yo‘riqnomani O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti ish jarayonida foydalanishi uchun taqdim qildi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya sport fanlari instituti rahbariyati professional sport va ommaviy sportni rivojlantirish borasida institut ishlab chiqqan metodik qo‘llanmalar va dasturlarni, ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy nou-xauni O‘zbekistondagi hamkorlariga doimiy ravishda yetkazib borish istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya sport fanlari instituti 1980 yilda tashkil etilgan bo‘lib, sport sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish, ilmiy yondashuvlar asosida milliy va xalqaro musobaqalardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash va sport sanoatini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatdagi yagona ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi.

Institut tarkibida bir nechta ilmiy laboratoriya va sport fanlariga bag‘ishlangan qo‘llanmalarni o‘zida jamlagan yirik kutubxona faoliyat olib bormoqda. Janubiy Koreya sport fanlari instituti YUNЕSKOning yetakchi hamkorlaridan biridir.

Mavzuga oid

Bokschilarimiz Shahram G‘iyosov va Isroi...

Mamlakatimiz bokschilari ishtirokidagi bahslar 16 avgust kuni soat 05:00 dan boshlab “Spor...

Sambo bo‘yicha jahon chempionati Moskvad...

Sambochi bo‘yicha jahon chempionati Toshkent shahrida joriy yil 12-14 noyabr kunlari o‘tka...

O‘zbekistonda hududiy futbol assotsiatsi...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyat...

So`nggi yangiliklar