Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Fevral/2021   Jamiyat

Janubiy koreyalik bir guruh yoshlar Andijon davlat tibbiyot institutida saboq oladi


SEUL, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida Andijon davlat tibbiyot institutiga talabalikka qabul qilingan va institutning ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan Janubiy koreyalik bir guruh yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv boshida talabalarga O‘zbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, hozirgi paytda O‘zbekistondagi epidemiologik holatning barqarorligi, taʼlim jarayoni anʼanaviy tarzda olib borilayotgani haqida maʼlumotlar berildi.

Muloqotda elchixona xodimlari talabalarga ikki davlatda ham yoshlarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, bu ularga tanlash imkoniyatini berayotganini taʼkidladi. Shuningdek, Koreya Respublikasida ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ham turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgani aytib o‘tildi. Bu yigit-qizlar kelajakda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadal rivojlanishi yo‘lida xizmat qilishi qayd etildi.

Koreya Respublikasi yoshlari O‘zbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan yaxshi xabardor ekanligini bildirdi. Xususan, tibbiyot sohasida kadrlash tayyorlashda yangi innovatsiyalar qo‘llanilayotgani, shuningdek, taʼlim va amaliyot uzviy bog‘liq holda olib borilayotgani yaxshi natijalar berayotganiga alohida urg‘u berildi.

Talabalarga nima sababdan aynan O‘zbekistonda tahsil olishni tanladingiz, degan savol bilan murojaat qilindi. Bunga javoban ular «O‘zbekistonda tibbiyot sohasi mutaxassisligini olish bilan bir qatorda o‘zbek va rus tillarini mukammal o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boy tarixiy merosi, jannatmakon tabiatini o‘rganib, shuningdek, mehmondo‘st o‘zbek xalqi va yoshlari orasidan ko‘plab do‘stlar orttirish niyatidamiz», deb javob qaytardi.

Elchixona xodimlari Janubiy Koreya yoshlariga O‘zbekistonga safarlari oldidan oq yo‘l va o‘qishlariga omad tiladi.

Mavzuga oid

Tojikiston vakillari O‘zbekistonning dav...

Tojikistonning «Tadjikinvest» kompaniyasi ijrochi direktori J.Muzaffariy va ushbu mamlakat...

“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Sam...

Kecha, 6 aprel sanasidan “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi Samarqand – Namangan – Sa...

O‘zbekiston va Afg‘oniston huquqni muhof...

O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g...

So`nggi yangiliklar