Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Chonan shahridagi vatandoshlar holidan xabar olindi

SEUL, 28 may. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakat huquq-tartibot idoralari bilan yo‘lga qo‘yilgan faol hamkorlik doirasida Chonan shahridagi axloq tuzatish muassasasida bo‘lib, huquqbuzarlikda ayblangan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan fuqarolarga huquqiy masalalarda maslahatlar, advokat yollash va zarur holatlarda elchixonaga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muassasada jazo o‘tayotgan va gumon bilan ushlab turilganlar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, madaniy-maʼrifiy sohalarda taqdim etilayotgan dasturlar bilan tanishildi.

Jazo muddatini o‘tayotgan hamda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlab turilgan fuqarolarimiz elchixona konsullik bo‘limi xodimlariga ular tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy va boshqa amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid

Saudiya Arabistonida o‘zbek diasporasi ...

O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasida Saudiya Arabistonidagi o‘zbek diasporasi – vata...

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik depart...

Tashqi ishlar vazirligining Konsulluk departamenti Rossiyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan ...

Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan vata...

Mamlakatimiz Bosh kosulxonasi va Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sankt-Peterburgdag...

So`nggi yangiliklar