Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida mehnat qilayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi xodimlari Kyongido provinsiyasining Inchon shahrida joylashgan «World Korea» zavodida bo‘ldi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Zavod rahbari Shin Sin Chol bilan muzokaralar chog‘ida ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, ularni moddiy rag‘batlantirish va dam olishi, ijtimoiy himoyalash, tibbiy xizmatdan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shin Sin Cholning aytishicha, korxona rahbariyati o‘zbekistonlik ishchilarning mehnat faoliyatini alohida taʼkidlab, ular qulay yashash sharoitlari bilan taʼminlangani, maoshlar o‘z vaqtida to‘lanayotgani va zarur hollarda qo‘shimcha moliyaviy va boshqa yordam ko‘rsatilayotganini maʼlum qildi.

Yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvda yurtdoshlarimizga ish beruvchi bilan uzoq muddatli mehnat munosabatlarining afzalliklari tushuntirilib, ularning tartibli mehnati kelgusida o‘zbekistonlik mutaxassislarga bo‘lgan talabning oshishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Suhbat davomida so‘nggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar qayd etildi. Shuningdek, yurtdoshlarimiz bilan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvdan so‘ng vatandoshlrimizning ish va yashash joylari bilan tanishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida t...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida taniqli aktyor, huquqshunos va bloger, ayni paytda ...

Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh ko...

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari admiral G.Nevelskoy no...

Primorsk o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan...

O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi xodimlari Primorsk o‘lkasidagi “VIK” go‘s...

So`nggi yangiliklar