Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Mart/2023   Hamkorlik

Jidda shahrida UNA OIC bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

JIDDA, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulligi vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritib borish maqsadida Islom hamkorlik tashkiloti (OIC) huzuridagi Axborot agentliklari uyushmasi (UNA) bosh direktori Muhammad bin Abdurabbu al-Yamiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida saudiyalik sayyohlarni va sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb etish uchun mamlakatimizning investitsiyaviy va turistik salohiyatini hamda respublikada o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlar haqidagi xabar va maqolalarni UNA axborot elektron platformasida joylashtirish masalasi muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Muhammad bin Abdurabbu al-Yamiy o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirib, O‘zbekiston to‘g‘risidagi turli maqolalalarni UNA axborot platformasida joylashtirishga tayyorligini bildirar ekan, bu orqali respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir muhim xabar va maʼlumotlar OICning 57 aʼzo-davlatiga yetkazilishini urg‘uladi. 

Muhammad bin Abdurabbu al-Yamiy UNA axborot elektron platformasida aʼzo-davlatlar to‘g‘risida, xususan O‘zbekiston haqida alohida rukn ochilganligini maʼlum qilib, ushbu ruknga mamlakatimiz iqtisodiyoti, turistik salohiyati, tarixiy shaharlari va betakror meʼmoriy obidalari haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni joylashtirib borish imkoniyati mavjudligini  qayd etdi.

Uchrashuv yakunida UNA huzuridagi trening markazida onlayn va offlayn shaklda tashkil etiladigan seminar va o‘quv kurslarda o‘zbekistonlik jurnalistlarning ham ishtirokini taʼminlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasida O‘z...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

O‘zbekiston vakillari Qohiradagi xalqaro...

Xorazm viloyati hokimligi va oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar vakil...

Dehlida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtas...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi vakillari mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni mus...

So`nggi yangiliklar