Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Fevral/2020   Sport

Karatechilarimiz Dubay Premer-ligasida ishtirok etadi


TOShKENT, 10 fevral. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 14-16 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Premer-liga turniri bo‘lib o‘tadi. Tokio – 2020 Olimpiada o‘yinlariga reyting ballarni taqdim etadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Ayni paytda musobaqada qatnashuvchi sportchilar tarkibi shakllantirilib, tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
 
Turnir oldidan hakamlar uchun xalqaro seminar o‘tkazilishi belgilangan. Unda ham hakam sifatida ishtirok etadigan 3 nafar o‘zbekistonlik vakil qatnashadi. 13 fevralga qadar davom etadigan seminarda karate qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish, janglarni baholashdagi yangiliklar haqida ma'lumotlar beriladi.

Mavzuga oid

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ...

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toshkentga keldi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligin...

Milliy antidoping agentligi karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulotlar olib borayotgan s...

Yurtimizda xalqaro sport tadbirlari vaqt...

Xitoyda aniqlanib, so‘ngra ko‘plab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bilan b...

So`nggi yangiliklar