Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Istanbulda muhokamalar davom etmoqda

ISTANBUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda xorijiy ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda mahalliy blogerlar ishtirok etdi.

O‘zbek dilomatlari umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida rejalashtirilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda respublikamizda so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilgan islohotlarning keng qamrovliligi va natijadorligi, ularning barchasi xalqimizning tinch va farovon hayotini taʼminlashga qaratilgani taʼkidlandi.  Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan yangi normalar Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans sari dadil qadamlarga hamohang ravishda ishlab chiqilganiga eʼtibor qaratildi.

Davra suhbati ishtirokchilari Konstitutsiyaviy qonun muhokamasida faol ishtirok etish hamda loyihaga doir fikr va mulohazalarini bildirishga daʼvat etildi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixona...

Mamlakatimizning Jakartadagi elchixonasida Indoneziya ekspert-tahliliy va ishbilarmon doir...

Erondagi vatandosh: Asosiy qonunimizga k...

Eronning «Jamotaul mustafo» xalqaro universitetida tahsil olayotgan yurtdoshimiz Shahram T...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: Konsti...

Saudiya Arabistonida doimiy yashovchi vatandosh, ishbilarmon Abdujalil Asrorni mamlakatimi...

So`nggi yangiliklar