Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Madaniyat

Kuvayt televideniyesida “Dunyo” AA tomonidan suratga olingan Hazrati Usmon Mushafi haqidagi videorolik namoyish etildi


AL-KUVAYT, 13-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi tomonidan «O‘zbekiston. Islom qadamjolari» turkumida suratga olingan Toshkentdagi «Hazrati Imom» majmuasida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mushafisiga bag‘ishlangan videorolik Kuvayt milliy televideniyesining madaniyat, ma’rifat va turizm sohalariga ixtisoslashgan «Isro» maxsus dasturida namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Videorolik mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirildi.
Ramazon oyida efirga uzatilgan ushbu viderolik Kuvayt aholisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ijobiy baholandi.
Kuvayt milliy televideniyesi bosh menejeri Marvan Jarbu “Dunyo” AAga bergan intervyusida islom olamining muqaddas kitobining qadimiy nusxalaridan biri bo‘lgan Hazrati Usmon Mushafi haqidagi videorolik haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan sizlarni samimiy muborakbod etib, Allohdan barcha islom ummatiga xayru-baraka va farovonlik ato etishini so‘rayman, - dedi M.Jarbu.- Mamlakatingizning Kuvaytdagi elchixonasi bilan hamkorlikda Kuvayt milliy televideniyesining maxsus dasturlarida O‘zbekiston to‘g‘risida, xususan, uning buyuk tarixi, asrlar davomida muborak dinimiz va dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, boy madaniy va ilmiy salohiyatiga bag‘ishlangan turkum teleko‘rsatuvlar tayyorlashga qaror qildik.

Dasturlarimizning bir qismi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va qayta qurish harakatlariga, ayniqsa diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan katta ishlarga bag‘ishlanadi.
Biz Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekistonning boy merosi ahamiyatini juda yaxshi bilamiz. O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasining gullab-yashnashiga, din, ilm-fan, matematika va astronomiya va boshqa fanlarning taraqqiyotiga udkan hissa qo‘shgan buyuk ulamolar yetishib chiqqan. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Imom Termiziy, Zamaxshariy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur shular jumlasidandir.

Maqsadimiz O‘zbekistonning va uning buyuk madaniy merosini mintaqamizda, xususan, Kuvaytda targ‘ib qilishdan iborat.
Kuvayt milliy televideniyesi dasturida asl nusxasi Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mushafi to‘g‘risidagi videorolikni namoyish etdik. Ushbu bebaho merosni saqlab qolgan O‘zbekiston xalqiga o‘zimizning hurmat va ehtiromimizni bildiramiz. Mazkur ko‘rsatuv Kuvayt sun’iy yo‘ldoshlari orqali to‘rt marotaba efirga uzatildi.
Ushbu videorolik ko‘plab teletomoshabinlarga manzur bo‘ldi va ulardan O‘zbekiston to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot taqdim etishni so‘rab murojaatlar kelmoqda. Bu murojaatlar bizni yangi dasturlarni yaratishga undamoqda. Ishonchim komilki, Kuvayt ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida berib boriladigan ma’lumotlar mintaqamizda mamlakatingizni kengroq tanitish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Arab ko‘rfazi davlatlari aholisi sayyohat qilishni va xorijiy mamlakatlarga investitsiya kiritishni xush ko‘radi.
Bizning televideniyemiz guruhi yaqin vaqtlarda O‘zbekistonga ijodiy safar bilan borishni rejalashtirmoqda. Uning doirasida mamlakatingizning diniy, madaniy va sayyohlik yo‘nalishlaridagi ulkan salohiyati, uning go‘zal qadamjolari va boshqa sohalardagi keng imkoniyatlariga bag‘ishlangan turkum videfilmlar va ko‘rsatuvlar suratga olinadi. Ishonchim komil, mazkur loyihalarimiz, o‘z navbatida, ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb etishga ko‘maklashadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik rejissyor Belorussiyada “...

“Минск-Новости” axborot agentligi o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyu...

O‘zbekiston koreys madaniy markazlari uy...

Koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Janubiy Kore...

Pol'sha televideniesi o‘zbek fil'mlariga...

Pol'shadagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri — POLSAT telekanali efirga uzatad...

So`nggi yangiliklar