Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Iyun/2020   Ilm-fan

“LMS” tizimida onlayn darslar tashkil etiladi


TOSHKENT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/.  Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va “Oracle” akademiyasi hamkorligida xalqaro vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manbasiga asoslanib.

Vebinar “Zoom” platformasida tashkil etilib, unda «Oracle Akademy»ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova hamda TATU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Onlayn seminarda axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yangi dasturiy mahsulotlar yaratish, bulutli texnologiyalardan foydalanish va “LMS” tizimida onlayn darslarni tashkil etish yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

«Oracle Academy» — “Oracle” kompaniyasining taʼlim tashabbusi bo‘lib, maktab, o‘rta maxsus va oliy taʼlim yurtlari talabalari uchun axborot texnologiyalari yo‘nalishida uzluk taʼlimni tashkil qilishda zarur manbalarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Dunyoda har yili «Oracle Academy» kurslari 35 dan ziyod mamlakatda 120 milliondan ortiq tinglovchilar ishtirokida o‘tkaziladi.

Ayni paytda TATUda «Oracle» akademiyasi ishtirokida maʼlumotlar bazalari, dasturlash texnologiyalari, «Big data» texnologiyalaridan foydalanish, tarmoqlarda ishlash, maʼlumotlar bazalari xavfsizligi bo‘yicha kurslar tashkil qilingan.

Mavzuga oid

“O‘zbekistonda biz yoshlar kelajagi uchu...

Mamlakatimizda nishonlanadigan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Xitoy Xalq Respubli...

Har bir tuman (shahar)da matematikaga ix...

7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Matematika s...

Navoiyda Hindistonning «Delhi world scho...

Hindistonlik investor loyihasi Navoiy viloyati hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi ham...

So`nggi yangiliklar