27/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
KUALA-LUMPUR. 27-iyun. /“Dunyo” AA/. «Kingsley Strategic Institute» ijrochi direktori Maks Sey (Malayziya) O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni olqishlashini taʼkidladi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.
- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar va islohotlar dinamikasida Konstitutsiya ham taraqqiyotga muhtoj bo‘lmoqda. Bu, avvalo, respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirishlar “Inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangani va O‘zbekistonning amaldagi Asosiy qonunining ko‘plab boblari bo‘yicha o‘zgartirishlar nazarda tutayotgani quvonarlidir.
Shuningdek, 50 mingdan ortiq taklif tushganidan dalolat beruvchi konstitutsiyaviy islohotlar g‘oyasini O‘zbekiston xalqi juda yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashini ham qayd etishni istardim.
Ishonchim komilki, O‘zbekistonda bo‘lajak konstitutsiyaviy islohotlar aholi farovonligi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.