Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Aprel/2021   Vatandoshlarimiz

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari Janubiy Koreya axloq tuzatish muassasasida saqlanib turgan vatandoshlar holidan xabar oldi


SEUL, 11 aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari ushbu davlat xududida turli xil jinoyatlar sodir qilishda gumonlanib ushlab turilgan vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida Koreya Respublikasining janubida joylashgan Changvon shahridagi axloq tuzatish muassasasida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida ushbu muassasada gumonlanuvchi sifatida ushlab turilgan va ular ustidan tergov jarayonlari olib borilayotgan fuqarolarimiz bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, tergov jarayonining borishi, advokatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam va ularning qonuniy huquqlariga rioya etilayotgani o‘rganildi, konsullik-huquqiy masalalarda tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, muassasa ma’muriyatiga vatandoshlarimiz tomonidan bildirilgan talab va takliflar yetkazildi.

Fuqarolarga zarurat tug‘ilgan vaqtda zudlik bilan elchixona konsullik bo‘limi bilan bog‘lanib, yordam olishi tavsiya etildi.

Bundan tashqari, diplomatik missiya vakillari ushbu muassasada ushlab turilganlar uchun yaratilgan yashash, davolanish, dam olish va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Fuqarolarimiz qayerda bo‘lmasin, o‘z davlati himoyasida ekani ta’kidlandi.

Yurtdoshlarimiz O‘zbekiston rasmiy vakillari jazoni ijro etish koloniyasiga kelgani va o‘tkazilgan uchrashuv natijalaridan mamnuniyat izhor etgan holda, o‘zlarini davlatimiz himoyasida ekanini yanada ko‘proq his qilganini bildirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Ansan ...

O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentliginin...

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ya...

Bugun, 6 may kuni “Ye-8” vizasi asosida mavsumiy ishlarda vaqtincha faoliyat olib borish u...

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyo...

O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tomonidan Polshada istiqomat qilayotgan va tahsi...

So`nggi yangiliklar