Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Sentabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasida bir guruh vatandoshlar va yaponiyalik hamkorlarga esdalik nishonlari topshirildi

TOKIO, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasida Yaponiya fuqarolari, bir guruh vatandoshlar hamda diplomatiya vakolatxonasi xodimlariga “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” va “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyama, “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyati raisi o‘rinbosari - muqaddam Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan  Fumixiko Kato hamda vatandoshlar tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov so‘zga chiqib, mukofot sohiblari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga, mamlakatimizni har tomonlama ravnaq toptirish va uning jahon miqyosidagi nufuzini yuksaltirishga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi. 

Jumladan, “Yaponiya-O‘zbekiston” jamiyatining rahbari Nobuxiko Sima 23 yildan buyon ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, yapon jamiyati bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi qayd etilar ekan, unga tantanali ravishda “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan “NEC” korporatsiyasining katta ish boshqaruvchisi Koji Nakamura 2020 yilga qadar ushbu tashkilotning O‘zbekiston hududiga mas’ul va O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, jumladan, magistral internet tarmoqlarini o‘rnatilishiga katta hissa qo‘shgani yuqori baholandi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan vatandoshlarimiz, jumladan tadbirkor Yunus Eshonqulovning Yaponiyadagi yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani, yaqinda bo‘lib o‘tgan Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari davomida sportchilarimizni doimiy ravishda o‘zbek milliy taomlari bilan ta’minlagani, yuridik fanlari doktori, Nagoya iqtisodiyot universiteti dotsenti Alisher Umirdinov ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish, yurtimizdagi universitetlar uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratish, O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga kirishiga oid simpoziumlarni tashkil qilishga ko‘shgan katta hissasi ham mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mavzuga oid

Babayev Shaxboz Baxtiyor ug‘li– Anxoy mo...

Babayev Shaxboz Baxtiyor ug‘li– Anxoy moliya va savdo universitetining Iqtisodiyot va bosh...

Ozarbayjonda O‘zbek taomlari haftaligi o...

Mamlakatimiz Ozarbayjondagi elchixonasida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi m...

Burj Xalifa osmono‘par binosi O‘zbekisto...

Burj Xalifa osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida gavdalanadi.

So`nggi yangiliklar