Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Avgust/2021   Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi

TOSHKЕNT, 6 avgust. /«Dunyo»AA/. Turkmanboshi shahrida (Turkmaniston) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri  parlament yuqori palatasi manbasiga asoslanib.


Forumda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila  Norboyeva ishtirok etmoqda.
Majlisda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti Deklaratsiyasini qabul qilish va Yetakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida oz...

Joriy yil 19-21 yanvar kunlari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashab...

Tojikiston 2021-2023 yillarda 2,7 millia...

2021 yilda Tojikiston iqtisodiyotiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar hajmi 774 mi...

Ashxobodda Markaziy Osiyo davlatlari va ...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya kecha ...

So`nggi yangiliklar