Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Fevral/2021   Madaniyat

Mir Alisher Navoiyning 580 yilligi Nyu-Yorkda nishonlandi


NYU-YORK, 8-fevral. /“Dunyo” AA/.  Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan madaniy-maʼrifiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda AQSHda istiqomat qiladigan vatandoshlar, shuningdek, O‘zbek tili va madaniyati ixlosmandlari klubining xorijlik aʼzolari qatnashdi. Ular orasida AQSH, Meksika, Gretsiya, Italiya, Yamayka, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Peru, Xitoy, Kanada va boshqa davlatlar fuqarolari bor edi.

Badiiy kechada Alisher Navoiyning keng va serqirra ijodidan namunalar, qolaversa, kelajak avlodlarga qoldirgan o‘gitlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Anjumanda ishtirokchilar O‘zbekiston rahbariyati tomonidan o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarni yuqori baholadi.  Ushbu saʼy-harakatlar  o‘z samarasini berayotgani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida AQSH hududida navoiyxonlik kechalarini muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Viktoriya va Albert muzeyi I.Savitskiy n...

Buyuk Britaniya bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish doirasida O‘zbekiston e...

“O‘zbekkino” Qozog‘iston elchixonasi bi...

Bugun “O‘zbekkino” Milliy agentligida rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “M...

Xorijdagi vatandoshlar farzandlari o‘rta...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xorijdagi vatandoshlar farzandlari uchun «O‘zbekiston madan...

So`nggi yangiliklar