Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Dekabr/2021   Ilm-fan

NASA kosmosga eng qimmat va qudratli “James Webb” teleskopini uchirdi

TOSHKЕNT, 26-dekabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan «James Webb» teleskopi fazoga uchirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 


“Uning sharofati bilan biz koinotning ko‘rinib turgan eng chekka nuqtasi - 13,5 milliard yorug‘lik yiliga teng masofaga nazar tashlaymiz”, - deya sharhladi Yevropa kosmik agentligi (ESA) olimi Entoni Martson Deutsche Welle radiosiga bergan intervyusida.

AQSH Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy agentligi (NASA)ning ikkinchi rahbari sharafiga nomlangan ushbu teleskop tarixda eng qimmat hisoblanadi. 1980 yilda boshlangan va qayta-qayta uzaytirilgan loyihaga jami 10 milliard dollar sarflandi. Teleskop ustida ESA, Kanada kosmik agentligi (CSA) va NASA birgalikda ish olib bordi.

Teleskopdan yordamida olinadigan ilk fotosuratlar 2022 yilning yozida kutilmoqda. «James Webb» hajmi va texnik jihozlanishi bo‘yicha o‘zidan avvalgi “Hubble” teleskopidan bir necha barobar ustunlikka ega. U tadqiqotchilarga koinotning uzoq o‘tmishi, ilk galaktikalar va ilk yulduzlarning hosil bo‘lishini o‘rganish imkonini beradi. Entoni Marstonning aytishicha, «James Webb»ning afzalliklaridan yana biri uning infraqizil diapazonda ishlash qobiliyatidir. Bu olis galaktikalarni o‘rganish uchun ko‘proq imkoniyatlar beradi.

Teleskop taxminan to‘rt haftadan so‘ng yerdan 1,5 million kilometr olisda joylashgan orbitaga chiqadi. «James Webb»dan olingan ilk ma’lumot va fotosuratlar 2022 yilning yozida paydo bo‘lishi kutilmoqda. Teleskopning vazifalari sirasiga suv zahiralari mavjud va hayot kechirish uchun yaroqli bo‘lgan sayyoralarni qidirish ham kiradi.

Mavzuga oid

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi QS...

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro re...

Belgiyalik olim Qoraqalpog‘istonda baliq...

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi taniqli olim, Gent universiteti professori Patrik ...

Davlat test markazi: kirish imtihonlari ...

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarin...

So`nggi yangiliklar