Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Bangladeshning mamlakatimizdagi elchisi bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 24-yanvarya /«Dunyo» AA/. Bugun Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Jahongir Alam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 


Navoiy viloyati hokimligining axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida N.Tursunov mehmonlarni hududning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, infratuzilma va logistika sharoitlari bilan yaqindan tanishtirar ekan, viloyatda xorijiy mamlakatlar, jumladan, Bangladesh Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun barcha asoslar mavjud ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, elchi Muhammad Jahongir Alam Navoiy viloyati va Bangladesh Respublikasi biznes sub’ektlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik munosabatlari ko‘lamini kengaytirish, jumladan, meva-sabzavot, to‘qimachilik, farmatsevtika singari sohalarda qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari bilan qiziqqani barobarida bu yo‘nalishlardagi aloqalarni jadallashtirish uchun ko‘maklashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha bangladeshlik va navoiylik tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish, buning uchun ular ishtirokida biznes forum va ishbilarmonlik uchrashuvlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida Bangladesh elchisi Navoiy xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan Intermodal logistika markazi imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniya parl...

O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya parlamentining Uels milliy partiyasi (Pl...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Kecha Yaponiyaning Kumamoto shahrida Osiyo-Tinch okeani suv forumining eng yirik anjumani ...

AQSH – O‘zbekiston savdo palatasi mamlak...

Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi (AQSH) raisi Kerolin Lemm O‘zbekiston rahbariyati tom...

So`nggi yangiliklar