Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Sentabr/2020   Iqtisodiyot

Nyu-Yorkda «Mahalla USA» va «Turon Trade House» savdo uyi ochildi

NYu-YORK, 4 sentabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan «Mahalla USA» diaspora tashkiloti va «Turon Trade House» savdo uyining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Bayram tadbirini «Mahalla USA» prezidenti Abdumalik Ahmedov ochdi va yig‘ilganlarni O‘zbekiston mustaqilligi kuni bilan tabrikladi.

«Mahalla USA» ning ustuvor maqsadi AQShda yashovchi o‘zbeklarni birlashtirish, vatandoshlarni O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilish, O‘zbekiston milliy bayramlari arafasida tadbirlar o‘tkazish, O‘zbekiston fuqarolarining AQShda bo‘lishlari bo‘yicha zarur maslahatlarni berishdan iborat. Shuningdek, vatandoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini, xususan, «Navro‘z kubogi» va «Mustaqillik kubogi» futbol turnirlarini tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni birgalikda hal qilish, yakshanba kungi maktablar negizida a’zolar farzandlari uchun o‘zbek tilini o‘rganish, milliy qadriyatlar va tarixiy vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan to‘garaklar tashkil etadi.

«Turon Trade House» savdo uyining ochilishi O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirib, O‘zbekiston meva-sabzavotlari, konserva mahsulotlari, quritilgan mevalar, hunarmandchilik, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarni Amerika bozoriga eksport qilishni ta’minlash uchun noyob platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Abdumalik Ahmedov «Mahalla USA» va «Turon Trade House» savdo uyini jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning manfaatdor idoralari bilan aloqalarni o‘rnatishda yordam bergani uchun Bosh konsulxonaga minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov, mamlakatimiz Bosh konsuli Kamol Ikromov, Turkiston-Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘ja, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandov, O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi raisi Muxtor Umarov va boshqalar so‘zga chiqib, g‘oya mualliflarini qutladi.

Tantanali ochilish marosimida «Turon Trade House» savdo uyi rahbari Abdumalik Ahmedovga AQShda rasmiy biznes vakili sifatida tan olingani to‘g‘risida O‘zbekiston eksportchilar uyushmasining maxsus sertifikati topshirildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni saqlash, davlat va jamoat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlarni yuqori baholadi.

Tadbirda so‘nggi yillarda respublikada jadal rivojlanish bosqichi kuzatilgani, turli sohalarda keng ko‘lamli va chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, mamlakatning xalqaro obro‘sini oshirishga hissa qo‘shadigan mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllangani alohida ta’kidlandi.
 

Mavzuga oid

200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 1 iyuld...

Mamlakatmizda amaldagi 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar 2020 yil 1 iyuldan muomaladan chiq...

Jahon bankining moliyaviy ko‘magi bilan ...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish ...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi va...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bugun Jahon bankining Markaziy Os...

So`nggi yangiliklar