Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/May/2020   Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bolaligim va yoshlik yillarim oʻtgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik boʻlar ekanman, Sardoba suv omborida sodir boʻlgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda ogʻriq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Ollohning oʻzi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida gʻamxoʻrlik qilishimiz va koʻmak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga gʻam-tashvish tushganda ham, bir-birmizni yelkama-yelka turib qoʻllab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam koʻrsatish uchun 10 million dollar berayapman.

Men xalqimizning duolariga qoʻshilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Ollohdan soʻrab qolaman.

Hurmat bilan,                                   Alisher USMONOV

Mavzuga oid

Vittorio JORJI: Prezident Murojaatnomasi...

O‘zbekistonning Molize va Kampaniya hududlaridagi (Italiya) Faxriy konsuli Vittorio Jorji ...

BMT Bosh kotibi O‘zbekiston Prezidentiga...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Janobi Oliylari...

ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov: ShHT ma...

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining ingliz...

So`nggi yangiliklar