Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Aprel/2021   TIV yangiliklari

Ohangaron shahri jamoatchiligi: Xayrli tadbirlar xalqni birlashtirishga, yoshlarimizni vatanparlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi

TOSHKENT, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. Xabar berilganidek, 10 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahri  aholisi va taʼlim muassasalariga beg‘araz ko‘mak yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Jobir Xo‘jaqulov va Anvar Ilyosov (foto).


Vazirlik xodimlari shahar mutasaddilari bilan birgalikda mavjud ijtimoiy muammolar mahallalar kesimida o‘rgandi. Kam taʼminlangan va yordamga muhtoj oilalar, xususan, xotin-qizlar va nogironlar ahvoli bilan tanishildi. Maktablarni qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi. Masalalarning “mahallabay” o‘rganilishi beg‘araz ko‘magining manzilli bo‘lishini taʼminladi.

Shahar hokimligi mutasaddilari, maktab direktorlari va mahalla raislari vazirlik va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday yordam ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlamoqda.

Xadicha Musayeva, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi salomatligi va farovonligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday saʼy-harakatlar bizning mahallamizni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Davlatimiz rahbarining xalqchil siyosati har bir xonadonga kirib borayapti, desam adashmagan bo‘laman. Bunga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.

Mahallamizda barcha muammolar aholi bilan bahamjihat hal etilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan  qanday yordam kerak, deb so‘ralganida ham barcha bir ovozdan birinchi galda nogironlarga zarur anjomlarni yetkazib berishni so‘radi.  

Vazirlik vakillari mahallamizdagi dolzarb masalalarni o‘rganib, bir hafta o‘tgach, kerakli yordam yetkazib berila boshlandi. Bundan aholimiz, xususan, nogironligi bor fuqarolarimiz juda xursand.

Feruza Mansurova, 9-maktab direktori:

— Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston elchixonalari tomonidan shahrimizdagi maktablarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor biz taʼlim sohasi vakillarini juda xursand qilmoqda.

O‘tgan haftada shahar maktablariga kitoblar taqdim etilgan edi, bugun zamonaviy texnika va o‘quv qurollari yetkazib berildi. Bizning maktabga zamonaviy kompyuter jamlanmasi va kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu insonparvarlik ko‘magiga bosh qo‘shgan barcha-barchaga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu sovg‘alarni kutubxonamizga joylashtiramiz, ulardan ustoz va o‘quvchilarimiz birdek foydalanadi.

Biz taʼlim sohasi vakillariga va maktab jamoasiga qaratilayotgan bunday eʼtiborga vatanparvar va bilimli avlodni tarbiyalash orqali javob qaytaramiz.

Hoshim Teshaboyev, “Yangilik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi:

- Ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, barcha keksalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olish ishlari keng quloch yoymoqda.

Tashqi ishlar vazirligining mazkur ko‘magi ham ana shu ezgu amallar samarasidir. Vazirlik xodimlari mahallamizda xonadonma-xonadon yurib muammolarni o‘rganmoqda, ularni birgalikda bartaraf etish yo‘llarini izlamoqda. Diplomatlar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularni zamonaviy bilimlar, xususan, xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishini ham taʼkidladi.

Vazirlik tomonidan mahallamizda istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarimiz uchun nogironlik aravachalari va keksalarimiz uchun zarur jihozlar berildi. Bunday xayrli tadbirlar xalqimizni birlashtirishga va yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, deb hisoblayman.

Mavzuga oid

Abu-Dabida BAAda ishlab chiqilgan ilg‘or...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jahon meteorologiya tashkiloti prezide...

Bangladeshning yangi elchisi O‘zbekiston...

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bangladeshning O‘zbekistonga yangi tayinlangan ...

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari O‘mo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov O‘mon Savdo-sanoat p...

So`nggi yangiliklar