Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   Parlament

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Turkiya parlamentining raisi bilan telefon orqali muloqot qildi


TOSHKЕNT, 26-iyul. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov kecha Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shentop bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri .

Parlament quyi palatasi manbasiga ko‘ra, suhbat avvalida tomonlar yaqinda bo‘lib o‘tgan Iyd-al-Adha – Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Muloqotda ikki davlat rahbarlarining samimiy do‘stligi o‘zaro aloqalarning yanada yaxshilanishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shentop yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston davlat Mustaqilligining 30 yilligi bilan qutladi. U shuningdek, hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida parlamentlararo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda an’anaviy do‘stlik va sherikchilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan konstruktiv va ochiq munosabat o‘rnatilganligini qayd etdi.

Mustafo Shentop Turkiy davlatlar ichida O‘zbekistonning o‘rni beqiyosligi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham nufuzi, madaniy meroslarga boyligi bilan muhim ahamiyatga ega ekanini, Turkiya O‘zbekistonni o‘zi uchun qat’iy va ishonchli sherik sifatida bilishini qayd etar ekan, o‘zbek tomonining Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo Assambleyasiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar joriy yilning 31-may-3-iyun kunlari Islomobod shahrida o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Parlament Assambleyasining 2-Bosh konferensiyasi hamda 23-24- iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda global parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumi, ularning ahamiyati haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Qayd etilganidek, bu kabi forumlar o‘zaro tajriba almashish, parlamentlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish, barqaror rivojlanish sohasida yangi usul va vositalar ishlab chiqish, sohada nazariy va amaliy tajriba almashishda o‘ziga xos maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Suhbatdosh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, ikki tomonlama do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidladi.

Muloqotda ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

YEXHT PA maxsus vakili: O‘zbekiston bila...

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqa...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi va...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Bi...

UNHCR mintaqaviy byurosi direktori: O‘zb...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev BMT Qochoqlar...

So`nggi yangiliklar