Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Parlament

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etishga doir masalalar muhokama etildi


TOSHKENT, 13-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi onlayn-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Parlament quyi palatasi maʼlum qilishicha, yig‘ilishda Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yana-da takomillashtirish, bu yo‘nalishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.  

Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Resublikasi Milliy strategiyasi va uning “Yo‘l xaritasi” bandlarining hamda BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi (“Yo‘l xaritasi”) bandlarining 2021 yil birinchi chorakdagi bajarilishi holati yuzasidan axborot berildi.

Milliy strategiyaning ijrosi doirasida “Yo‘l xaritasi”ning jami 78 bandidan 40 bandi bo‘yicha ijro muddati yakunlangan, shuningdek, ijro muddati yakunlanmagan 38 ta bandni amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettayotgani qayd etildi.

Tadbirda BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi bandlarining bugungi kundagi bajarilishi holati yuzasidan ham bir qator maʼlumotlar berib o‘tildi.

Ushbu deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturining 24 ta bandidan 11 ta bandida belgilangan vazifalar o‘z muddatida to‘liq bajarilishi taʼminlangan.

Videokonferensiya yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Sh. Bafayev Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining O‘ninchi — O‘n ikkinchi davriy maʼruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari hamda BMT Irqiy kamsitishni tugatish bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022 yillarga muljallangan Milliy harakatlar rejasi ijrosini yuzasidan axborot berdi.

Mavzuga oid

Senat: Qashqadaryo viloyatida qishloq xo...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar,...

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeX...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kech...

Buxoro shahrida o‘tkaziladigan Barqaror...

Bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva raisligida Barqaror rivojlanish maqsadlar...

So`nggi yangiliklar