Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyun/2022   Parlament

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YEXHT DIIHB bilan hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Ouen Merfi boshchiligidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ( YEXHT DIIHB) delegatsiya bilan  uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament quyi palatasi maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonning YEXHTning barcha institutlari, shu jumladan, DIIHB bilan konstruktiv o‘zaro aloqalari sezilarli darajada faollashganini qayd etdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi hamda DIIHB o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda delegatsiya rahbari Ouen Merfi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan DIIHB o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holatini, xususan, qabul qilinayotgan qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiq yana-da takomillashtirish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi.

Tadbir chog‘ida 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining Yakuniy hisobotida berilgan tavsiyalarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

O‘z navbatida, Ouen Merfi o‘zbek tomonining mazkur yo‘nalishda ochiq muloqotga va o‘zaro hamkorlikka tayyorligini hamda muhokamalar uchun platforma yaratib berganini alohida eʼtirof etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda Prezident saylovlari huquqiy, tashkiliy jihatdan hamda pandemiya qoidalariga rioya etgan holda yuqori darajada o‘tkazilganini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida saylovlarni o‘tkazish uchun partiyalarni moliyalashtirish borasida mahalliy saylov uchastkalarida ayollarning rolini hamda ularning malakasini oshirish maqsadida treninglar o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

Senatda xotin-qizlar huquqlarini himoya ...

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida xotin-qizlar va bolalar huquqlari...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik pal...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon ...

Oliy Majlisi Senati Raisining XXR Butunx...

Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning XXR Butunxitoy xalq vaki...

So`nggi yangiliklar