Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Parij shahri meriyasi bilan urbanizatsiya masalalari muhokama qilindi


PARIJ, 10-aprel. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan Parij shahri merining transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha o‘rinbosari David Belliard bilan muzokarlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda mamlakatimiz shaharlarining transport infratuzilmasini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Parij shahri merining o‘rinbosariga Toshkent shahrida transport sohasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

David Belliard mamlakatimizda shaharsozlik va transport sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarga qiziqish bildirib, ushbu islohotlarni zamovaniy talablar asosida o‘tkazishda amaliy yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u shaharsozlik sohasida yurtimizning ijobiy tajribasi Parij shahri uchun ham foydali bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda transport turlari va aholi sonining ortishi, atrof-muhitga texnik vositalar zararining oshib borayotgani Parij shahri meriyasini ushbu yo‘nalishda keng qamrovli islohotlarni o‘tkazishga turtki bermoqda. Ushbu tub islohotlar Fransiya uchun «urbanizatsiya sohasida inqilob»ni boshlab berdi.

Toshkent shahrining transport infratuzilmasini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish ishlari doirasida mutaxassislar orasida muzokaralarni tashkil etish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik diplomatlar Janubiy Korey...

Bugun mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasida «Seoul Global Center» xorijiy...

AQSHdan munosabat: O‘zbekistonda amalga ...

7 dekabr kuni AQSH davlat kotibi O‘zbekistonni diniy erkinliklarni buzuvchi davlatlar ro‘y...

O‘zbekiston elchisi yurtdoshimizga yuqor...

O‘zbekiston elchixonasi vakillarining Nagoya shahriga safari doirasida “O‘zbekiston-Nagoya...

So`nggi yangiliklar