Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Sanalar

Polshadagi vatandoshlar: Davlatimiz ramzlari bizni katta bir oilaga birlashtiradi

VARSHAVA, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. 2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan, Polshada istiqomat qilib, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz bayram tabrigi yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Azizbek Imomov:

– Har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan. Darhaqiqat, hayotimizda ramz va timsollarning o‘rni katta.

Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, bugungi kuni va kelajagi o‘z aksini topgan. Gerbimizdagi barcha ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, to‘kinlik, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini o‘zida namoyon etadi. Gerbimiz o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbai hisoblanadi.

U, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, ajdodlarimiz ananalariga sodiq farzandlar etib tarbiyalashda muhim vositadir.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilingan 30 yiligi bilan barcha vatandoshlarimni chin yurakdan tabriklayman.

 Javohirbek Orziyev:

– Men Polsha davlatida informatika sohasida faoliyat olib boraman.

Davlatimiz ramzlari bizni katta bir oilaga birlashtiradi, mamlakatimizning boy tarixi va ulug‘vor anʼanalari bilan faxrlanishga undaydi.

Yoshlarga yaratilgan imkonyatlardan juda  xursandmiz. Bu davr ichida biz yoshlar ko‘pgina yutuqlarga erishdik. Timsolimizni chet davlatlarda tanitishga bor kuchimiz bilan harakat qilmoqdamiz.

Har birimizning vatanparvarligimiz mamlakatimizning asosiy ramzlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromdan boshlanadi va bu qarashlarimiz bilan uzviy bog‘liqdir.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilayman.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar: O‘zbek...

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Janu...

Ruminiya elchisi: Qadimiy Navro‘z bayram...

Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Kristian Chobanu xalqimizga Navro‘zi olam ba...

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik hom...

9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Ushbu sana munosabati bilan buyuk bo...

So`nggi yangiliklar