Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Portugaliyada yashayotgan vatandoshlarimiz 17 oktabr kuni Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz beradi


MADRID, 14-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi 24 oktabr kuni davlatimiz rahbarligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylov Ispaniya va Portugaliyada doimiy va vaqtincha yashayotgan yurtdoshlarimizni xabardor qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davlatlar hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz  O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida tashkil etilgan 15-saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin. Manzil: La Plaza de la Lealtad, 3, 28014 Madrid Tel.:+34913101639, +34658109050.  ye-mail: secretaria@uzbekembassy.es; consulado@uzbekembassy.es.

Bundan tashqari, Portugaliyada yashayotgan fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida 17 oktabr kuni muddatidan oldin ovoz berish  jarayoni Rua General Norton de Matos, Apartado 4133, 2411-901 Leiria manzilida tashkil etiladi.  

Elchixona 18 yoshdan oshgan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan 24 oktabr kuni va muddatidan oldin ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishga chaqiradi!

Mavzuga oid

Turkiyalik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekist...

Kecha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari to‘g‘risida Anqaradagi inqir...

Bugun Oqtovda O‘zbekiston Prezidenti sa...

18 oktabr mamlakatimizning Oqtovdagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan 22-saylov uchastk...

«Germaniya-O‘zbekiston» do‘stlik assotsi...

Kecha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan...

So`nggi yangiliklar