Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Mart/2020   COVID-19

Poytaxtimizdagi 16 va 1-sonli shahar shifoxonalari yopilgani rostmi?


TOSHKENT. 19-mart. /«Dunyo» AA/. Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (xalq tilida “16” deyiladi) va Toshkent shahar "Ibn Sino" nomli 1-son klinik shifoxona (1-gorbolnitsa) karantin tufayli yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bir bo‘limidagi shifokor o‘zini koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda gumon qilgani bois o‘sha bo‘lim ehtiyot chorasi sifatida ma’lum muddat karantinga olindi. Ammo ixtisoslashgan tahlillar natijasi shifokorda ushbu infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgandan keyin markaz bo‘limidagi karantin tartibi bekor qilindi. Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Koronavirusga gumon qilinib, keyinchalik Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida ushbu tashxis tasdiqlangan fuqaro o‘zining Turkiyada bo‘lganini yashirib, ma’lum muddat 1-son shahar klinik shifoxonasida bo‘lgan. Ammo bu o‘sha paytda mazkur shifoxonada koronavirus tarqaldi, degan yakuniy xulosaga asos bo‘lmaydi. Faqat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq ravishda va qat’iy ehtiyot chorasi sifatida ushbu shifoxona ma’lum muddat karantinga olindi. Yaqin kunlarda davolash ishlari yana o‘z iziga tushiriladi.

Fursatdan foydalanib, yana bir bor eslatib o‘tamiz, vazirlik koronavirus infeksiyasi borasida barcha rasmiy ma’lumotlarni ochiq, oshkora har soatda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib bormoqda. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan turli mish-mishlarga ishonmaslikni so‘rab qoladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan...

O‘zbekistonda 2 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganla...

COVID-19: O‘zbekistonda chorshanba kuni ...

Kecha O‘zbekistonda 498 ta COVID-19ga chalinish holati aniqlandi va bu ko‘rsatkich

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar...

Hozirgi kunda kasallik qayd etilgan 8 ming 904 nafar bemordan 5 ming 847 nafari sog‘ayib, ...

So`nggi yangiliklar