03/Iyul/2022 Prezident
TOSHKENT, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kengesdagi uchrashuvdan so‘ng Nukus tumanidagi “Samanbay” ovul fuqarolar yig‘iniga borib, bir guruh yoshullilar va mahalla faollari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu haqda davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z Telegram-kanalida maʼlum qildi.
“Tinchlik va hamjihatlikni qadriga yetish va asrab-avaylash, birgalikda farovon kelajagimizni barpo etish xususida suhbatlashildi”, deb yozgan Sherzod Asadov.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati olgan surat