Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi


TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev  bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbarini Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

17 sentyabr kuni bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining asoschi davlatlaridan biri. 2001 yilda tuzilgan mazkur tashkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston aʼzo.

O‘tgan 20 yilda tashkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun SHHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlashtirgan, boy tabiiy resurslar, ilg‘or texnologiyalar va ulkan isteʼmol bozoriga ega.

O‘zbekiston SHHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishning muhim vositasi sifatida qaraydi.  

Mamlakatimiz tashkilot doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va natijadorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz bugunning o‘zida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon,  Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti eksportchi korxon...

Prezident Shavkat Mirziyeev Toshkentda tadbirkorlar bilan muloqotning ochilishi chog‘ida ...

Davlatimiz rahbari Birinchi Prezident qa...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Preziden...

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahba...

Bugun Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezide...

So`nggi yangiliklar