Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   Dolzarb

Quvayt nashri: «Samarkand Half Marathon»da biz bilan birga yuguring


TOShKENT, 18 oktyabr. / «Dunyo» AA /. Quvaytning ingliz tilidagi yetakchi yangiliklar portallaridan biri — «The Times»da joriy yil 1 noyabr kuni Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarimmarafoni tafsilotlari haqida «Run with us – Samarkand half marathon» («Samarkand Half Marathon»da biz bilan birga yuguring) sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, «Samarkand Half Marathon» xayriya tadbiridan tushadigan barcha mablag‘ O‘zbekistondagi maktab-internatlarning birida autizm bilan kasallangan bolalar uchun badiiy studiya tashkil etishga sarflanadi.

Xayriya marafonini o‘tkazishdan ko‘zlangan yana bir maqsad madaniyat va san’at ob’ektlari bilan tanishishda inklyuzivlik masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi, sport turizmi sohasini rivojlantirishga ko‘mklashishdan iborat.

«Dunyodagi og‘ir epidemiologik vaziyat sababli, 2020 yilgi Samarqand yarim marafoni dasturi ikki xil shaklda rejalashtirilgan. Birinchisi, shaharda bevosita yugurish tadbirida ishtirok etiladi. Ikkinchisi, O‘zbekistonga kela olmaydiganlar uchun virtual turnir tashkil etiladi», deyiladi maqolada.

Materialda, shuningdek, Quvayt jamoatchiligining Samarqand yarim marafonida qatnashishga qiziqish bildirgan vakillari turnir veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tib, xalqaro sport tadbirida qatnashishi mumkinligi ta’kidlangan.
 

Mavzuga oid

AQSh ekspertlari fikri: 2018 yil mart o...

AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi sobiq maxsus vakili Richard Olsen, Jorj Vashington un...

O‘zbekiston va Polsha qishloq xo‘jaligi...

O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralarida polshalik sarmoyadorlarning uchrashuvlari bo...

Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodd...

Qaror loyihasida aholini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofa...

So`nggi yangiliklar