Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   Siyosat

Quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun soliq va bojxona imtiyozlari beriladi

TOSHKЕNT, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/. Vazirlar Mahkamasining «Quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Hujjatda  mamlakatimizda quyonchilik sohasini sanoat usulida yanada rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va sohaga jalb etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish, bu yo‘nalishda import qilinayotgan mahsulotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari berish singari qator vazifalar belgilangan.

Xususan, quyonchilik xo‘jaliklari tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, butlovchi buyumlar va materiallar, naslli quyon hamda ozuqa qo‘shimchalari, istisno tariqasida, 3 yil muddatga bojxona to‘lovlaridan  ozod qilinadi.  

Shuning munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining tegishli  qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, muobili respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga ham o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.

Qarorda O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishi qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi yangi saylanga...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston de...

Siril Myuller “Do‘stlik” ordeni bilan mu...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni ushbu mazmundagi farm...

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar...

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Osiyo yuragi – Istanbul j...

So`nggi yangiliklar