Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Aprel/2020   Jamiyat

Rossiyada mehnat migrantlariga 2020 yil 15 iyungacha imtiyozlar berildi

TOSHKENT, 20- aperl. /«Dunyo» AA/. Koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xususan mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarori e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga tayanib.


Ushbu hujjatga muvofiq 2020-yil 15-martdan 15-iyungacha bo‘lgan davrda quyidagilar belgilangan:

- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turgan muddatlarining yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

- Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini joriy yilning 15 iyuniga qadar uzaytirish;

- yuqorida belgilangan vaqt davomida amal qilish muddati tugaydigan vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash guvohnomasi, amal qilish muddati ko‘rsatilgan migratsion karta, ishlash uchun ruxsatnoma, patent, chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma kabi hujjatlarning muddatini to‘xtatmaslik.

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq ish beruvchilarga koronovirus tarqalishi munosabati bilan mamlakatda joriy etilgan cheklovlar va sanitariya-epidemiologik talablarni ta’minlashga qaratilgan boshqa choralarning bajarilishi sharti bilan chet el fuqarolarini patentga ega bo‘lmagan taqdirda ham ishga jalb qilishga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid

Milliy palata: Hududlarda shifokorlar im...

Qarshidagi neonatologlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga Innovatsion sog‘liqni saql...

Surxondaryo viloyatida sel ketgan hududl...

Surxondaryo viloyatining Boysun va Oltinsoy tumanlarida 13 may kuni soat 21:00 da kuchli s...

O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya k...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasida O‘zbekiston Respublikasining Ekologi...

So`nggi yangiliklar