Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Jamiyat

Samarqand-Istanbul-Samarqand aviaqatnovlari tiklandi


TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. "Uzbekistan airways"  aviakompaniyasi Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Parvozlar 29 martdan haftasiga 3 marotaba - dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi: Samarqand-Istanbul (uchish soat 20:05da, qo‘nish soat 23:05da), Istanbul-Samarqand (uchish soat 00:35da, qo‘nish soat 06:50da).

Batafsil ma'lumotni aviakompaniya rasmiy veb-sahifasidan olish mumkin.

Mavzuga oid

O‘zbekiston – Italiya: parlamentlararo h...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari parlamentlararo do‘stlik guruhlari ...

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyu...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida yaqinda tashkil etilgan jamoat tashkiloti – Janubi...

Toshkent davlat yuridik universiteti pro...

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Islomb...

So`nggi yangiliklar