Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Avgust/2020   O‘sish nuqtasi

Samarqand uzumlari dunyo bozorlari rastalarida


SAMARQAND, 24 avgust. /«Dunyo» AA/. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyatidan xorijga umumiy qiymati 11 million AQSh dollariga teng, 9 ming tonna uzum mahsuloti eksport qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri viloyat bojxona boshqarmasi ma’lumotiga asoslanib.

Bunda jonbozlik ko‘rsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Quvonarlisi, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida o‘z mahsulotlari bilan munosib o‘rin egallamoqda.

Masalan, Samarqand tumanidagi “Sam Rin Treyd” qo‘shma korxonasi 2020 yil hosilidan chetga qiymati 1,1 million AQSh dollari, vazni 655 tonna, Jomboy tumani “To‘laqo‘rg‘on mevalari” fermer xo‘jaligi qiymati 0,7 million AQSh dollari, vazni 434,5 tonna hamda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoqsoy savdo barakasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qiymati 500 ming AQSh dollari, vazni 289,2 tonnaga teng uzum mahsulotini eksport qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatning 92 taga yaqin korxonasi tomonidan uzum mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Eksport qilinayotgan uzumlar ko‘lamini davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, Xitoy (2,8 million AQSh dollari), Turkiya (2,2 million AQSh dollari), Rossiya (1,5 million AQSh dollari), Qozog‘iston (1 million AQSh dollari) va Gruziya (400 ming AQSh dollari) ulushiga to‘g‘ri keladi.

Darhaqiqat, ona zaminimiz tuprog‘i oltinga teng. Bugun qadalgan urug‘ ertaga mo‘l hosil beradi. Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz ekinlari va uzum jahon bozorida yuqori baholanadi. Bu esa mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga undaydi. Buning natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar ishga tushishi tezlashadi, iqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi, aholi farovonligi ortadi.

Korxonalar eksport amaliyotlarini amalga oshirishni qisqa vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish uchun bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.

Mavzuga oid

“Dunyo”da yangi loyiha – “O‘sish nuqtasi...

"O‘sish nuqtasi" rukni ostida tayyorlanadigan intervyumizning ilk mehmoni mamlakatimizdagi...

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksp...

O‘zbekistondan quritilgan mevalarni import qiluvchi Yaponiyaning "Global Silk Road Inc." k...

Polshalik tadbirkor: Polsha pandemiya sh...

Polshaning «Global Business Promotion Group» xolding kompaniyasi 2014 yildan beri O‘zbekis...

So`nggi yangiliklar