Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Media

Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasi fotosuratlari «Tarixiy fotosuratlar janridagi yilning eng yaxshi fotosuratchisi» tanlovida taqdim etildi


 LONDON, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning yetakchi «The Guardian» gazetasi veb-saytida «Tarixiy suratlar janrida yilning eng yaxshi fotosuratchisi» (Historic Photographer of the Year awards 2021) mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tanlov nominantlarining ishlari orasida Julian Elliott tasvirga olgan Samarqand shahridagi “Shohi Zinda” majmuasi fotosurati ham bor edi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, tanlovda havaskor va professional fotosuratchilar ishtirok etgan. Ularning ijodiy ishlari o‘ziga xosligi, kompozitsiyasi va texnik mahorati, shuningdek, suratga olingan obyektning tarixi va ahamiyati kabi o‘lchovlar bilan baholangan.

Profesional fotomuxbir-sayohatchi Julian Elliott ko‘p yillik faoliyati davomida «Yilning eng yaxshi landshaft fotosuratchisi» (The Landscape Photographer of the Year)  va «Bog‘ fotosuratlari janridagi yilning eng yaxshi fotosuratchisi» (The International Garden Photographer of the Year) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.

Britaniyalik fotoijodkorning ushbu tanlovga taqdim etgan surati O‘zbekiston sayyohlik brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotson tomonidan O‘zbekiston diplomatiya missiyasi hamda Turizm va sport ishlari vazirligi ko‘magida mamlakatimizga tashkil etilgan ijodiy safar paytida tasvirga tushirilgan.

Julian Elliot Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi, tarixiy maskanlar va tabiat manzaralarini suratga olgan.

Buyuk Britaniyaning mashhur nashrlardan biri - «The Guardian»   kunlik gazetasi 160 ming adadda bosilib chiqadi. Gazetaning veb-sayti mamlakat bosma nashrlari orasida eng ko‘p o‘quvchiga (nashr saytiga bir kunda  14 million o‘quvchi kiradi) ega.

Mavzuga oid

«Uzbekistan GTL» zavodinining ishga tush...

Italiyaning «Gazzetta di Roma», «Gazzetta di Milano» va «Gazzetta di Napoli» onlayn-nashrl...

«Amir Temurning strategik yetakchiligi: ...

Varshavada akademik Vladimir Kvintning «Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga ...

«Al-Axbar al-Yaum»:Markaziy Osiyo davlat...

Misrning yetakchi nashrlaridan biri - «Al-Axbar al-Yaum» gazetasida «Markaziy Osiyo davla...

So`nggi yangiliklar