05/Dekabr/2021 O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida
TOKIO, 5 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov «ITOCHU Corporation» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda «ITOCHU Corporation» vakillari O‘zbekiston kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik qilish va mamlakatimizdan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishda to‘plangan katta tajriba, amalga oshirayotgan qo‘shma loyihalar uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek “SamAvto” qo‘shma korxonasi zavodida transport vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha aloqalarning muhimligi ham taʼkidlandi.
“ISUZU” va «ITOCHU Corporation» kompaniyalari tomonidan Samarqand avtomobil zavodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar samaradorligiga eʼtibor qaratildi.
Korporatsiya vakillari Samarqand avtomobil zavodiga kiritilgan sarmoyalar Yaponiya xususiy biznesi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ramzi ekanini qayd etdi.