Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Avgust/2022   Jamiyat

Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi

AR-RIYOD, 8-avgust. /»Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida mazkur mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan  “Ajlan & Bros Holding Group Company” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Hamkorlikka oid anglashuv memorandumini ishlab chiqish muhokamasiga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Onlayn suhbat chog‘ida “Ajlan & Bros” kompaniyasi vakillari hozirgi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotgani va respublikamiz nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki butun dunyo hamjamiyatidagi o‘zining munosib o‘rnini tobora mustahkamlab borayotgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, saudiyalik investorlarning O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga qiziqishlari, ularni Arabiston bozorlariga olib kirishga bo‘lgan talab ham tobora ortib borayotgani qayd etilar ekan, mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zining sifat va taʼmi bilan boshqa mintaqalarnikidan  ajralib turishi ham taʼkidlandi.

Shu o‘rinda, “Ajlan & Bros” kompaniyasi tomonidan hozirgi kunlarda mamlakatimizning meva-sabzavot va asalarichilik sohalaridagi loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish hamda O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoniga import qilish ustida ish olib borayotgani maʼlum qilinar ekan, o‘zbek tomoni bilan o‘zaro hamkorlikdan manfaatdorlik bildirildi.

Shu bois mamlakatimiz elchixonasi tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar darajasi hisobga olingan holda ikki tomon o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolash taklif etildi.

Bu taklif mamlakatimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Ajlan & Bros” kompaniyasi tomonidan birdek olqishlandi.

Uchrashuv yakunida Saudiya Arabistoni tomoni memorandum loyihasini taqdim etib, qisqa fursatlarda mazkur hujjatni imzolash bo‘yicha o‘zbek tomonining fikr-mulohazalarini olishga umid bildirdi.

Mavzuga oid

Ohangaronga Turkiya va Xitoydan beg‘araz...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan ijtimoiy va notijoriy muassasalarni qo‘...

MDH Hukumat rahbarlari kengashining majl...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi raisligi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo m...

TIV tezkor shtabi: Abxaziyada bo‘lib tu...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-sahifasida Tezkor shtabning Abx...

So`nggi yangiliklar