Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Parlament

Senat raisi BMTning yangi doimiy muvofiqlashtiruvchisini qabul qildi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Roli Astxana bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan, milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari muhokama qilindi.

BMT vakiliga O‘zbekistonda aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Gender masalalari bo‘yicha hamkorlikning turli jihatlari, xususan, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy va shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Senat raisining birinchi o‘rinbosari va ...

Kecha Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va Buyuk Britaniya parla...

O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlar...

Joriy yil 21-22 aprel kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosa...

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashis...

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi,...

So`nggi yangiliklar