Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Jamiyat

Seulda mavsumiy ishlarda vaqtincha mehnat faoliyatini tashkil qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi


SEUL, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati vazirining o‘rinbosari Pak Pyon Xon bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda mavsumiy ishlarda vaqtincha bandlikni taʼminlash sohasida o‘zaro tajriba almashish, xususan, Janubiy koreyalik ish beruvchilarni migrant ishchilarni tanlash jarayoniga jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish, mavsumiy ishlar mehnat bozori bilan tanishish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining mamlakatni tark etish oldidan karantin tadbirlariga rioya etilishini tashkil etish jarayoniga Janubiy koreyalik mutaxassislarni ham jalb etish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Janubiy Koreya vakillari bilan mehnat bozorini rivojlantirish, mehnat muhojirlarining karantin talablariga rioya qilishida shaffoflikni taʼminlash, O‘zbekiston fuqarolarining mehnat salohiyati haqida mavsumiy ishlarga jalb qiluvchi ish beruvchilarning xabardorligini oshirish kabi sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.

Mavzuga oid

Faben Demol: Biz O‘zbekistonda qayta tik...

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish - O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishl...

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi vid...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020-yil 24-mart k...

Mustaqillik kuni oldidan afv e’lon qilin...

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 27 avgustdagi «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayo...

So`nggi yangiliklar