Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Vatandoshlarimiz

Seuldagi elchixona «Oltin daftar»iga kiritilgan sirdaryolik vatandoshlar qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish taklifini bildirdi


SEUL, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan Koreya Respublikasidagi sirdaryolik vatandoshlar hamda Sirdaryo viloyati va tumanlari hokimliklari vakillari o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-muloqot Sirdaryo viloyati va tuman hokimliklari hamda Janubiy Koreyada o‘zlarining samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ularning investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan mavjud masalalarni birgalikda muhokama qilish va amaliy vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda vatandoshlarimiz sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalardagi loyihalar yuzasidan fikr almashdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Viloyat hokimligi vakillari sarmoyador vatandoshlarga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish hamda taklif etilayotgan loyihalarni amalga oshirish uchun yer maydoni, bino va inshoatlarni ajratish tartiblari to‘g‘risida maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, yurtdoshlarimiz qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur dastgohlarni sotib olish va yetkazish bo‘yicha tegishli shartnomalarni imzolash ishlarini olib borayotganligi hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga eʼtibor qaratayotganligini maʼlum qildi.

Muloqotda ushbu loyihalarni tadbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududiy boshqaruv organlari tomonidan tegishli mutasaddi vakillar belgilandi va hamkorlikni jadal olib borish bo‘yicha rejalar aniqlab olindi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlarimizning yurtimizdagi faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va tegishli choralarni amalga oshirish maqsadida mahalliy boshqaruv organlari, elchixona va tadbirkor yurtdoshlarimiz o‘rtasida ushbu formatdagi muloqotlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid

Turkiyadagi vatandoshlar: Konstitutsiya ...

Istanbul shahrida istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari Konstitutsiyamizning 28...

Turkiyadagi vatandoshlar o‘zaro yordamga...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 avgust kuni xorijda m...

Janubiy Koreyaning Chinchon shahridagi v...

Kecha mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi age...

So`nggi yangiliklar