Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyul/2020   Sport

Shahboz Umarov Belarusning “BATE” futbol klubi bilan shartnoma tuzdi


TOSHKENT, 17 iyul. /“Dunyo” AA/. Belarusning “Energetik-BGU” klubining o‘zbekistonlik yosh futbolchisi Shahboz Umarov ushbu mamlakatning eng nomdor klublaridan biri “BATE” futbol klubi (FK) bilan shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Bu haqda “BATE” FK rasmiy sayti xabar tarqatgan.

 Klub rasmiy saytining qayd etishicha, hamyurtimiz yozgi transfer oynasining ikkinchi qismida (15-28 sentyabr)  BATE safiga borib qo‘shiladi. Shuningdek, Shahboz Umarov Yevropa ligasining yangi mavsumida to‘p surish imkoniga ega bo‘ladi.

Shahboz Umarov Belarus Oliy ligasi joriy mavsumida “Energetik-BGU” safida 17 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi joriy yil boshida “Energetik-BGU” safiga kelib qo‘shilgan edi.

Mavzuga oid

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi ...

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Sharja shahrida Suriya ter...

Karantin cheklovlari sharoitida yoga: ji...

Yoga esa insonni jismoniy, aqliy va hissiy farovonlikka yetaklovchi yaxlit yondashuvlardan...

Xalqaro tennis federatsiyasi Tokio Olimp...

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) koronavirus pandemiyasi sabab 2021 yilga qoldirilgan T...

So`nggi yangiliklar