Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

SHHT Samarqand sammiti yakunlari Bahrayn ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

 QOHIRA, 30-sentyabrm. /“Dunyo” AA/. Bahraynning yetakchi «Al Ayam» gazetasida Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi o‘rinbosari, elchi Xalil Ibragim az-Zavadiyning «O‘zbekiston muvaffaqiyati» savlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.


Unda muallifning 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidagi ishtiroki tafsilotlari qalamga olingan.

Nashrda taʼkidlanganidek, qadimiy o‘zbek shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar, jumladan, Arab davlatlari ligasi va SHHT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mamlakatlar щrtasida anglashuv ko‘priklarini mustahkamlash imkonini berdi. «Osiyoning ko‘plab davlatlarining Prezidentlari va yetakchilari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan mazkur xalqaro sammitni o‘tkazishda O‘zbekistonning saʼy-harakatlari muvaffaqiyatli bo‘ldi», deb yozadi muallif.

Maqolada taʼkidlanganidek, SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish davomida Samarqand shahrida yangi mehmonxonalar va sayyohlik obyektlarini qurishga alohida eʼtibor qaratildi. «Biz O‘zbekistonda tarixiy meros va qadimiy anʼanalarni asrab-avaylash, sivilizatsiyalar uyg‘unligini namoyish etish bilan birga olib borilayotgan zamonaviy shaharsozlik yutuqlariga guvoh bo‘ldik, – deb qayd etgan Xalil Ibragim az-Zavadiy. - Qurilayotgan yangi tumanlar taʼsirchan madaniy uyg‘unlikda eng qadimiy sivilizatsiya binolari bilan uyg‘un holda barpo etilmoqda. Bog‘dorchilikka bo‘lgan ishtiyoq, daraxt va o‘simliklar bilan qoplangan Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarning ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlimni muhofaza qilish borasidagi davlat siyosatini ilgari surish muhimligini anglanganidan dalolat beradi. Ko‘kalamzorlashtirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish faqat mamlakatlar va xalqlar manfaati uchun ekanligini yaxshi tushungan dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun cho‘llanishga qarshi kurash dolzarb vazifaga aylandi».

Eʼtiborlisi, 28 sentyabr kuni «Bahrain TV» yangiliklar kanali efiriga uzatilgan ko‘rsatuvda Xalil Ibragim az-Zavadiyning  Samarqand sammitiga bag‘ishlangan maqolasi matni o‘qib berildi. Ushbu videomaterial, shuningdek, «Bahrain TV»ning  ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarida joylashtirildi.

 

Mavzuga oid

Janubiy Koreya OAV O‘zbekiston va Afg‘on...

Janubiy Koreya OAV joriy yil 12-14 aprel kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekisto...

Yevropadan munosabat: O‘zbekiston fermer...

Yevropaning «Modern Diplomacy» onlayn-nashri «O‘zbekiston fermerlarni moliyalashtirishni k...

BAA bosh axborot agentligi O‘zbekiston ...

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bosh axborot agentligi - «Emirates News Agency»da «O‘zbe...

So`nggi yangiliklar