Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2021   Ekologiya

Shveysariyada Ramsar konvensiyasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi


JЕNЕVA, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Juzipbek Kazbekov Jenevada  xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo‘lgan suvli-botqoq joylar to‘g‘risidagi Ramsar konvensiyasi bosh kotibi Marta Urrego bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Suvli-botqoqli hududlar tabiatning ajralmas bo‘lagidir. Ular sayyoramizda ekologik muvozanatni saqlash, oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, biologik xilma-xillikni ta’minlash, jamiyatni barqaror rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu noyob tabiiy hududlarni muhofazalash maqsadida 1971 yil 2 fevralda Eronning Ramsar shahrida suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risida xalqaro konvensiya qabul qilingan.

Ta’kidlash lozimki, hozirda O‘zbekiston hududida Ramsar konvensiyasi ro‘yxatiga kiritilgan Dengizko‘l (2002) Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (2008), shuningdek, Quyimozor va To‘dako‘l suv omborlari (2020) dan tashkil topgan 3 ta ob’ekt mavjud.

Uchrashuvda Konvensiya doirasida hamkorlikni kengaytirish borasida erishilgan yutuqlar  e’tirof etilib, istiqboldagi rejalar  xususida fikr yuritildi.

O‘zbekiston vakillari tabiiy resurslarni barqaror boshqarish sohasidagi bugungi holat va olib borilayotgan ishlar, shuningdek, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni, shu jumladan Ramsar konvensiyasiga kiritilgan ob’ektlarni saqlash va kengaytirish rejalari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Tomonlar Konferensiyaning joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 14-konferensiyasida mamlakatmiz ishtiroki muhimligini ta’kidladi. Mazkur anjumanda 2020 yildan keyingi bioxilma-xillikning global tizimi va global maqsadlarga erishishning asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Marta Urrego Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasi tomonidan 2021 yil 30 avgustda qabul qilingan Ramsar konvensiyasi qabul qilingan 2 fevral sanasini Butunjahon suv-botqoqli yerlar kuni deb e’lon qiluvchi rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston tomonidan qo‘llab quvvatlangani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga oid

Keyingi yil Nukusda «yashil» energetika ...

Glazgo shahrida BMTning iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchila...

O‘zbekistonning ekologik muammolarni hal...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Marsel shahrida o‘tkazilgan Tabiatn...

Orolbo‘yida bio xilma-xillik ilmiy tadqi...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan “Orol dengizi – bio xilma-xillikni tikl...

So`nggi yangiliklar