08/Dekabr/2021 Sanalar
SINGAPUR, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Singapurda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz, “Capella” mexmonxonasi ish boshqaruvchisi Bekzod Ikromov yurtdoshlarimizni bayram bilan muborakbod etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
– Bugun mamlakatimiz hayotida quvonchli voqea – O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 29 yil to‘ldi. Mustaqil davlatimizning asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyaning biz yoshlarga xalqaro maydonda katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Ushbu ulug‘ bayram munosabati bilan o‘zim va Singapurdagi vatandoshlarimiz nomidan barchangizni samimiy tabriklayman.