Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Fevral/2023   Hamkorlik

Sirdaryo viloyati va Primorsk o‘lkasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

VLADIVOSTOK, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. Sirdaryo viloyati va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi o‘rtasidagi aloqalar yana-da mustahkamlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko‘magida «Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati hokimligi o‘rtasida  savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv»  imzolandi.

Ushbu kelishuvni imzolash taklifi Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya tomonidan 2021 yilning sentyabr oyida Primorsk o‘lkasiga bo‘lib o‘tgan amaliy safar chog‘ida ilgari surilgan edi.

Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad xalqaro shartnomalarga muvofiq savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda Rossiya va O‘zbekistan qonunchiligiga asosan, tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bilan izohlanadi.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiya, taʼlim, madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport, turizm, transport  va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi.

Shuningdek, qo‘shma korxonalar faoliyati, o‘zaro manfaatli qo‘shma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy-iqdisodiy imkoniyatlarni taqdim etish ham nazarda tutilgan.

Kelishuvda qayd etilganidek, Sirdaryo viloyati va Primorsk o‘lkasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining yarmarkalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘mak ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, savdo-iqdisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda axborot almashuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid

Milliy palata ko‘magida Janubiy koreyali...

Janubiy koreyalik shifokorlar «tanglay yorilishi» diagnozi qo‘yilgan 20 nafarga yaqin o‘zb...

O‘zbekiston va Germaniya o‘zaro manfaatl...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) investitsiyalar va tashqi savdo vaziri...

Jahon banki O‘zbekistonda BPO markazlari...

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Jahon banki vak...

So`nggi yangiliklar