Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Iqtisodiyot

Tailanddan munosabat: «Ayollar daftari» xotin-qizlar muammolarini aniqlashga imkon beradigan muhim tashabbus


BANGKOK, 3-mart. /“Dunyo” AA/. Prezident  Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirish va ularga munosib ish o‘rinlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar to‘g‘risida BMTning Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari (ESKATO) uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Ijtimoiy rivojlanish bo‘limi direktori Shrinavas Tata o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

— 2020 yilda BMT o‘n yillik harakatlar dasturini amalga oshirishga kirishdi. Biz 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibini ro‘yobga chiqarish, shu jumladan «hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik» tamoyili hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-bandi — gender tenglikni taʼminlash orqali barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga intilayapmiz.

Bu borada O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlardan biri sifatida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan «Ayollar daftari» tashabbusini taʼkidlash lozim. Bu ayollar bilan bevosita aloqada bo‘lish orqali ularning ehtiyojlari va muammolarini aniqlashga imkon bermoqda. Shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlami duch keladigan vaziyatlarni, jumladan noigironlik va ularni noqulay sharoitga soluvchi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish imkoniyati kengaytirmoqda.

Gender tenglikni muntazam ravishda tushunishga yordam beradigan ushbu tahliliy yondashuv turli xil ijtimoiy tengsizlik turlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga ham  yordam bermoqda. Shuningdek, bu hal etishi mumkin bo‘lgan muammolarni har tomonlama tushunishga imkon beryapti.

Mamlakatda ayollarning ishsizlik masalalarini hal qilish, taʼlim olishiga mablag‘ ajratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish borasida katta hajmdagi ishlar qilinayotganini ko‘rayapmiz. Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shish uchun muhim va dolzarb ko‘nikmalarni taqdim etish ham juda muhim. Daromad olish, tadbirkorlikni rivojlantirish va rasmiy mehnat bozoriga kirish uchun taʼlim, malaka oshirish va moliyaviy xizmatlar texnologiyalardan foydalanish zarur.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston rahbariyatini bunday istiqbolli tashabbus bilan, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlar qatori gender tenglik va mintaqadagi ayollarning huquqlarini kengaytirish bo‘yicha 2019 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Pekin+25” konferensiyasi tarixiy deklaratsiyasini qabul qilgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilgani bilan tabriklayman.

O‘zbekiston rahbariyati va xalqi, albatta, o‘z oldiga qo‘yilgan ulkan vazifalarni bajarishda ESKATO ko‘magiga to‘la ishonch bildirishi mumkin.

Mavzuga oid

Germaniya biznes vakillari O‘zbekistonda...

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegat...

O‘zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilar...

O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov boshchiligidagi mebel ishlab chiqa...

Niderlandiyalik sarmoyador O‘zbekiston b...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Niderlandiyaning «Geerlofs» kompaniyasi...

So`nggi yangiliklar