Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vaziri tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi


TOShKENT, 5 mart. /«Dunyo» AA/.  Bugun 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat bayrami bilan qutlab, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik, mas'ul faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangani qayd etildi.

Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimiz hayotining ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy va boshqa jabhalarida, xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, sog‘liqni saqlash, ta'lim, ishlab chiqarish tadbirkorlik va boshqa sohalarda faol ishtirok etmoqda.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshdi, huquqiy ongi va madaniyati yuksaldi, ularning bandligini ta'minlash masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.

Jumladan,  Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yutuqlarga erishmoqda. Jonkuyar va fidoyi xodimalar Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va g‘ayratini safarbar etib, o‘z bilim va tajribasi bilan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

 - O‘zbekistonda xotin-qizlarimizning jamiyat va davlat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi ortib bormoqda, - dedi Abdulaziz Komilov. - Vazirlik zimmasidagi vazifalarni bajarishda tashqi ishlar tizimida ishlayotgan ayollarning xizmatlari beqiyosdir. Ular tizimning turli pog‘onalarida faoliyat yuritayotgani yurtimizda xotin-qizlar barcha sohada o‘zlarini ko‘rsatishi uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir. Xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston tarixida birinchi ayol elchi tayinlandi. Bu ham bo‘lsa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan muhtarama ayollarimizga ko‘rsatilayotgan katta e'tibordan dalolatdir.   

Tadbirda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyati uchun «Mo‘'tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan vazirlik Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i  Nodira Ibragimovaga ushbu mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Jobir Xo‘jaqulov,

Anvar Ilyosov (foto)

Mavzuga oid

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi dele...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiya jo...

Tashqi ishlar vazirligi Tezkor shtabi Ab...

O‘zbekiston Respublika Tashqi ishlar vazirligi Tezkor shtabi 299 nafar hamyurtimizning Va...

O‘zbekiston-Jazoir siyosiy maslahatlashu...

Bugun O‘zbekiston va Jazoir tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvl...

So`nggi yangiliklar