Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   TIV yangiliklari

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ohangaron shahridagi imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi


TOShKENT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Tojikistonda elchixonasi tomonidan bugun Ohangaron shahrida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun navbatdagi beg‘araz ko‘mak ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ta’kidlash kerakki, xalqimizda ehtiyojmandlarga yordam berish, keksalarni e’zozlash, nogironlar va bemorlar holidan xabar olish, mehr-muruvvat ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangan.

Yurtimizda nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga zamonaviy ta’lim olish uchun har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu yo‘nalishda Ohangaron shahridagi mehr va ko‘makka muhtoj nogironlar uchun zarur yordam taqdim etish jarayoniga hissa qo‘shib kelmoqda.

Xususan, bugun shahardagi markaziy istirohat bog‘ida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi doirasida vazirlik xodimlari «Xonobod», «Navbahor» va «Yoshlik» mahallarida istiqomat qilayotgan, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachalari topshirdi. Yarmarka doirasida xorijda mehnat qilish istagidagi fuqarolarga mehnat faoliyatini olib borish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish shartlari, fuqarolarning xorijiy mamlakatlardagi huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shahar mutasaddilari va mahalla raislari ko‘makka muhtoj insonlarga doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun ushbu ishga bosh qo‘shgan barcha-barchaga minnatdorlik bildirdi.

– Mahallamizda yura olmaydigan fuqarolarimiz bor, – deydi «Yoshlik» mahallasi raisi G‘iyosjon Ergashev. – Biz mahalladoshimizning nogironlik aravachasi olishda ko‘mak berish bo‘yicha iltimosini vazirlik xodimlariga yetkazdik. Ular bu murojaatni e’tiborsiz qoldirmadi. Endi mahalladoshimiz bemalol aravachada ko‘chalarni aylanishi, qo‘shnilar bilan suhbat qurishi mumkin. Davlatimizga, vazirlik xodimlariga va barcha-barchaga mahallamiz fuqarolari nomidan minnatdorlik bildiraman.

Shahardagi 4-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasida turli sabablar tufayli nogironlik bilan tug‘ilgan norasida bolajonlar tarbiyalanadi. Ushu maktabgacha ta’lim muassasiga viloyat va shahar hokimligi tomonidan ularning salomatligini tiklash bo‘yicha katta e’tibor qartib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbir ushbu imkoniyati cheklangan bolalar muassasasida bo‘lib o‘tdi. Vazirlik tomonidan bu yerda tarbiyalanayotgan ikki nafar bolajon uchun nogironlik aravachasi taqdim etildi.

- Ixtisoslashgan bog‘chamizda nogironlik bilan tug‘ilgan bolalar tarbiyalanadi, - dedi bog‘cha direktori vazifasini bajaruvchi F.Bekmurodova. - Muassasada bolajonlarni sog‘lig‘ini tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Homiylarimiz ham qarab turishmaydi. Imkon qadar yordam berishmoqda. Bugun Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 ta bolalar nogironlik aravachasi berildi. 2016 yilda va 2015 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimizga bu moslamalar juda zarur edi. Ushbu aravachalar yordamida tarbiyachilarimizni hech qiynalmasdan mashg‘ulotlarga va ko‘chaga aylantirish imkoniyati bor. Chin insoniy ko‘mak uchun ota-onalar va tarbiyachilar nomidan tashakkurimizni izhor qilaman.

Anvar Ilyosov olgan suratlar

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xa...

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi shartn...

Bugun O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklarining huquqiy boshqarmalari o‘rtasida...

O‘zbekiston-Fransiya tashqi ishlar vazi...

Bugun O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvl...

So`nggi yangiliklar