Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2020   Sport

Tashqi ishlar vazirligi futbol jamoasi “Bosh vazir kubogi - 2020” turnirining final bosqichiga chiqdi

TOSHKENT, 11-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Ertaga, dushanba kuni Toshkentda “Bosh vazir kubogi - 2020” futbol turnirining final bahsi bo‘lab o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tashqi ishlar vazirligining havaskor futbolchilar jamoasi joriy yil birinchi marta ushbu musobaqada qatnashdi. E’tiborlisi, diplomatlarning birinchi ishtirokiyoq ularga katta muvaffaqiyat olib keldi - futbolchilar turnirning final uchrashuvida bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi.

Finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda TIV jamoasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Investisiyalar va tashqi savdo, Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda Milliy bank futbolchilarini ortda qoldirdi.

Turinirning final uchrashuvida tashqi siyosat idorasi vakillari Oliy sud jamoasi a’zolariga qarshi to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, 4-12-oktyabr kunlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida “Bosh vazir kubogi - 2020” futbol turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan diplom, medal, qimmatbaho esdalik sovg‘alari va ko‘chma kubok bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid

Bangkokda vatandoshlar Mustaqillik bayra...

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh...

Toshkent yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi O...

Bugun Toshkent shahar hokimiyatida Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi...

Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turn...

Estoniyada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha «Miss Valentine» Gran-pri musobaqasida O...

So`nggi yangiliklar