09/Dekabr/2021 O’zbekiston dunyo nigohida
LONDON, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Buyuk Britaniyaning yetakchi «The Telegraph» gazetasi saytida jurnalist Emma Fizerstounning “2022 yilda shahar ta’tili uchun eng arzon shaharlar” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Maqolada muallif Britaniyaning Economist Intelligence Unit tahliliy resursining dunyoning eng qimmat va arzon shaharlari haqidagi tadqiqotiga tayanib, 2022 yilda minimal xarajat evaziga muqobil dam olish maskanlari haqida o‘z fikrini keltirgan.
Muallifning ro‘yxatida birinchi o‘rinda Toshkent shahri joylashgan. Emma Fizerstoun sayohatchilarni “O‘zbekistonda ob-havo eng qulay bo‘lgan bahor yoki kuzda ikki ming yillik tarixga ega Markaziy Osiyo markaziga” sayohat qilishga undaydi.
Jurnalist Buyuk britaniyalik sayohatchilar uchun mavjud qulayliklar, jumladan, London va Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar, shuningdek, Britaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz sayohat qilish “sayyohlarni o‘zbek madaniy boyliklarini ko‘rish uchun” safarga chorlashi mumkinligiga e’tibor qaratgan.