Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2022   Fakt

Toshkentda Litva Faxriy konsulxonasi ochildi

 TOSHKENT, 24 sentyabr. /“Dunyo” AA/. 22 sentyabr kuni Toshkentda Litva Faxriy konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Mantos Adomenas O‘zbekiston va Litva bu yil muhim voqea – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaganini taʼkidladi. Shu nuqtai nazardan, u so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini urg‘uladi. O‘zbekiston-Litva hamkorligidagi samardorlikni oshirish uchun foydalanilmagan salohiyat mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

Diplomatning taʼkidlashicha, Faxriy konsulxonaning ishga tushirilishi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan, taʼlim, turizm, madaniyat sohalarida, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida yaqin aloqalarni mustahkamlash orqali orqali yangi imkoniyatlar ochadi.

U Litva delegatsiyasining Toshkentga tashrifi yuksak darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi hamda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hayotga samarali tadbiq etilishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari Litva mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori ekani, vazir o‘rinbosari Mantos Adomenasning ushbu tashrifi ikki tomonlama aloqalar darajasi o‘sib borayotganining tasdig‘i sifatida baholanishini qayd etdi.

Faxriy konsulxona faoliyati tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Litva aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr kuni mamlakatimiz Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Litva vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari G‘ayrat Fozilov va Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiyalar tomonlarni qiziqtirgan turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Mavzuga oid

“ArMI-2022”: O‘zbek harbiy aloqachilari ...

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Ishonchli qabul” musobaqasi harbiy aloqachilar mahoratini si...

O‘zbekistonda baliq ozuqasi sotishga ix...

Toshkentda Niderlandiyaning «Alltech Coppens» kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi ras...

Toshkentda Markaziy Osiyoda Oziq-ovqat t...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid X...

So`nggi yangiliklar